10 noy 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Ekaterinbugda 4 bokschimiz ringga ko'tariladi
Xabar berganimizdek, bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
German Titov boshchiligidagi RCC BOXING PROMOTIONS promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks kechasidan 13ta jang o'rin olgan. Ana shu janglarning to'rttasida bevosita o'zbekistonlik bokschilar ishtirokida bo'lib o'tadi.
Faoliyatidagi 5ta jangning barchasida g'alaba qozongan Ravshan Umrzoqov Kelli Figeroaga, 8ta jangning 7tasida zafar quchgan Burgut Hojiboev mezbon Ruslan Kamilovga, Elnur Abduraimov uchinchi jangida Aelio Meskuitaga, Mahmud G'oipov esa debyut jangida Iddi Makveraga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar