So’nggi yangiliklar

09:05Пакьяо: "Мейвезерда жангни бекор қилиш учун сабаб йўқ, агар у шундай қилса..." 0 08:39Эронда ўйнайдиган футболчилар Ўзбекистонга қайтмайди 0 08:14Топурия: "Махачевга қарши жанг — ҳамма кутаётган тўқнашув" 0 07:30Беш нафар боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади, икки нафари қозоғистонлик боксчиларга қарши 0 21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0

22 mar 09:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun Elnur va Mahmud tarozidan o'tadi, ungacha esa vazn haydalmoqda FOTO

Xabaringiz bor, ertaga bokschilarimiz Elnur Abduraimov va Mahmud G'oipov Ekaterinburg shahrida jang o'tkazishadi.

Hamyurtlarimiz tajribali mutaxassis, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligida jangga hozirlik ko'rmoqdalar. 

Bugun bokschilarimiz ertangi jang oldidan tarozidan o'tishadi. Ungacha esa charm qo'lqop ustalarimiz mashg'ulotlarning so'nggi bosqichini Ekaterinburgda olib bormoqdalar. Tayyorgarlik doirasida vazn ham haydalmoqda.

G'oipovning raqibi rossiyalik Zurab CHaniev bo'ladi. 27 yoshli CHaniev 7ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 4tasida g'alaba qozongan. Ikkita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, bittasi nokaut bilan. Yana bir jangda durang qayd etilgan. Mahmud G'oipov esa ikkita jang o'tkazgan va har ikkisida raqiblarini mag'lub etgan. Hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangida armanistonlik Artush Xovxannisyanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Elnur Abduraimov ham mezbon bokschiga qarshi ringga ko'tariladi. Uning raqibi Dmitriy Xasiev bo'ladi. Xasiev shu kungacha 11ta jang o'tkazgan. Janglarining 8 tasida g'alaba qozongan (2 ta nokaut). Bitta jangda mag'lubiyatga uchragan va 2 ta durang qayd etgan.


Olamsport.com sayti ertangi jangda har ikki bokschimizga omad tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing