27 apr 07:29
Yangiliklar
Bugun engilmas 20 yoshli bokschimiz Nyu-Delida ringga chiqadi, kecha tarozi marosimi bo'lib o'tdi FOTO
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan biri hamyurtimiz ishtirokida kechadi. Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Ulug'bek Sobirov to'qqizinchi jangini o'tkazadi. 20 yoshli bokschimiz 8 raundlik jangda hindistonlik 23 yoshli Pardip Xarreraga qarshi ringga ko'tariladi.
Kecha bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, Ulug'bek Sobirov professional faoliyati davomida 8 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Beshta jangini muddatidan oldin o'z foydasiga hal qilgan.
Uning raqibi Pardip ham prof ringda 8 ta jang o'tkazgan. Hisobida 5 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. To'rtta jangda raqiblarini nokaut qilgan va o'zi ham bir bor shu holatga tushib qolgan.
Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Sobirov o'zining hozircha so'nggisi bo'lib turgan bahsida 45 ta jang o'tkazgan indoneziyalik Stiv Ferdinandusni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar