17 mar 10:01
Yangiliklar

Bugun engilmas ikki bokschimiz ringga chiqadi, ulardan biri tarozida Xabib timsolida paydo bo'ldi FOTOGALEREYA
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida hamyurtlarimizdan Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek SHermatovlar ham ringga ko'tarilishadi. Har ikki bokschimiz mezbonlarga qarshi jang o'tkazishadi.
Professional boksda uchta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan Ismoilovga Kim Min Yong (5(1KO)-2-1) raqiblik qiladi.
Ravshanbek esa o'zi singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschi Gang Sun Jongga qarshi ringga chiqadi. SHermatov 3ta jangida bitta nokaut qayd etgan. Gang esa 7ta g'alabasidan 4tasini muddatidan avval yakunlagan.
Kecha bugungi janglar oldidan bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Ikkala charm qo'lqop ustamiz ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Hamyurtimizning Xabib uslubida taroziga chiqqani ko'pchilikning etiborini o'ziga tortdi.
Fikrlar