14 avg 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bugun Fazliddin chorak final chiptasi uchun Kumarga qarshi jang qiladi
Bugun Rio Olimpiadasining to'qqizinchi kungi bahslarida medallar uchun asosiy umidimiz bo'lgan bokschilarimiz ringga ko'tariladi.
Jumladan, -64 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Fazliddin G'oibnazarov nimchorak final jangida ringga chiqadi. Uning raqibi hindistonlik Manoj Kumar bo'ladi. 29 yoshli bu hind bokschisi ikki marotaba Osiyo chempionatining bronza medalini qo'lga kiritgan.
Manoj Rio Olimpiadasining ilk bosqichida litvalik Evaldas Petrauskasni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. G'oibnazarov esa kongolik Dival Malongoni muddatidan avval texnik nokautga uchratgan edi. G'oibnazarov – Kumar jangi Toshkent vaqti bilan soat 21:15da boshlanishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar