02 may 12:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/11889_220.jpg)
Bugun Feruzbek Ekaterinburgda WBO kamari uchun ringga chiqadi
“Dom Pechati” arenasida bo'lib o'tadigan boks oqshomi RCC Boxing Promotions (Titov Boxing Promotions) promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu boks kechasida ikki nafar charm
qo'qlop ustamiz - Feruzbek Yo'ldoshev va Humoyun Rustamov ham o'z janglarini
o'tkazishadi.
Feruzbek vakant bo'lib turgan WBO Youth lightweight chempionlik kamari uchun rossiyalik Muhammadxo'ja Yakubovga qarshi ringga ko'tariladi. Humoyun esa yana bir mezbon bokschi Murad Arslanov bilan to'qnash keladi.
Kecha ananaga muvofiq bokschilarni tarozidan o'tkazish
marosimi bo'lib o'tdi.
Tarozi natijalari:
Murad Arslanov (Rossiya) – 56,82 kg / Xumoyun Rustamov (O'zbekiston) – 57,14 kg
Muhammadxo'ja Yakubov (Rossiya) – 60,75 kg / Feruzbek Yo'ldoshev (O'zbekiston) – 60,6 kg
Fikrlar