10 avg 12:30
Yangiliklar
Tennis

Bugun Fomin Genesis Traiding Cup turniridagi ishtirokini boshlaydi
Bolgariyaning Sofiya shahri tennis bo'yicha Challenger 50 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qiladi.
Mukofot jamg'armasi 54 000 evroni tashkil etuvchi musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'radi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Genesis Traiding Cup turnirining saralash bosqich 1/2 finalida hindistonlik Prajval Devga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, saralash turnirida ettinchi raqam ostida Fomin ATP reytingida 478, Dev 815-pog'onadan joy olgan. Fomin - Dev uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar