06 okt 08:40
Yangiliklar
Dzyudo
Bugun Jahon chempionatida Elbek Tojievga muxlislik qilamiz!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Sayyoramizning 93 davlatidan kelgan dzyudochilar ishtirokida o'tkazilayotgan dunyo birinchiligining uchinchi kuni erkaklar o'rtasida -73 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan Elbek Tojievga muxlislik qilamiz. U ilk davrada britaniyalik Etan Nayrnga qarshi tatamiga chiqadi. Kunduzgi dastur bahslari bizning vaqt bilan soat 11:30da boshlanadi.
Malumot uchun, Jahon chempionatida har kuni bittadan erkaklar va bittadan ayollar o'rtasidagi vaznlarda g'oliblar aniqlanmoqda. Ortda qolgan ikki kun Yaponiya 3 ta, Ozarbayjon esa 1 ta vazn toifasida chempionga ega bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar