28 noy 08:04
Yangiliklar

Bugun jahon chempionatining so'nggi kuni 4 kurashchimizga muxlislik qilamiz
Bugun musobaqaning so'nggi kungi erkaklar o'rtasida -100, +100 kg, ayollarda esa -48 va -52 kg vazn toifalarida g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Yurtimiz sharafini bugungi hal qiluvchi bahslarda 4 nafar kurashchimiz himoya qiladi.
So'nggi kun oldidan bizga nisbatan bitta oltin medal ko'p jamg'argan Eron terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turibdi. 4 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston hozircha ikkinchi va umid qilamizki, so'nggi kunning hal qiluvchi bellashuvlarida forslardan o'tib ketamiz.
Bugun kurashadigan polvonlarimiz:
Erkaklar
100 kg: SHerali Jo'raev
+100 kg: Muhsin Hisomiddinov
Ayollar
48 kg: Mohinur Mo'minova
52 kg: Hilola Ortiqboeva
Fikrlar