14 avg 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bugun KAKA Olimpiadadagi ilk jangini o'tkazadi
Bugun Rio Olimpiadasining to'qqizinchi kuni doirasida bokschimiz Murodjon Ahmadaliev o'zining ilk jangini o'tkazadi.
Murodjon boks muxlislari orasida Kaka nomi bilan tanilgan. O'zi ham bu ismni yaxshi ko'radi. Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz ilk jangida qozog'istonlik Qayrat Eralievga qarshi ringga ko'tariladi.
28 yoshli Eraliev 2013 yili Almati shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan. Ahmadaliev esa bu yil noyabr oyida 22 yoshga to'ladi. U o'tgan yili Qatarda o'tgan jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo'lgan.
Malumot uchun, Ahmadaliev – Eraliev jangi Toshkent vaqti bilan soat 02.15da boshlanadi. Bu nimchorak final doirasidagi jang hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar