31 dek 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun kutilgan jang: Floyd Meyvezer Nasukavadan og'irroq chiqdi
Bugun, 31 dekabr kuni Yaponiyaning Saytama shahrida Rizin 14 turniri bo'lib o'tadi.
Jang oqshomining asosiy to'qnashuvida boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavaga qarshi jang qiladi.
Mazkur bahs oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Floyd raqibidan biroz og'irroq chiqdi - 66,7 kg. Yaponiyalik sportchi esa 62,1 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, jang boks qoidalari asosida bo'lib o'tadi. Bahs uch daqiqadan uch raund davom etadi. Jangda hakamlar bo'lmaydi va bellashuv natijasi sportchilarning qayd etgan "rekord"lari hisobiga kiritilmaydi.
Havola :
Manba : Championat
Fikrlar