19 avg 13:35
Yangiliklar

Bugun Mamajonov Nyu-Yorkda nokautchiga qarshi ringga chiqadi
Mamajonov mana bir necha yildirki, AQSHning Xyuston shahrida yashab, o'sha erda mashg'ulot va janglarini o'tkazib kelyapti. Bu safargi jang Nyu-York shahrida o'tkaziladi. Bahodir mahalliy bokschilardan biri Meyson Menardga qarshi ringga ko'tariladi.
Meyson jiddiy raqib bo'lib, faoliyati davomida 32ta jang o'tkazgan. Ana shu janglarning 31tasida g'alaba qozongan. Nokaut evaziga muddatidan avval erishgan g'alabalari soni 23tani tashkil etadi. Faqat bir marotaba mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Bahodir Mamajonov esa profi ringda 21ta jang o'tkazib, 19 bor g'alabaga erishgan. Mag'lubiyatlar soni 2ta, aksincha raqiblarini 11ta jangda muddatidan avval taslim etgan. Ushbu boks oqshomi uchun chiqarilgan chiptalarning eng arzoni 35 AQSH dollarini tashkil qildai.
Fikrlar