17 dek 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Menni Pakyao 41 yoshga to'ldi!
Bugun boks afsonasi Menni Pakyao o'zining qutlug' 41 yoshini nishonlayapti.
Filippinlik qirol professional boksdagi faoliyatini 1995 yilda boshlagan. Ortda qolayotgan 25 yil ichida 8 ta vazn toifasida jahon chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan. Bu esa jahon rekordi hisoblanadi.
Menni Pakyao ayni paytda yarim o'rta vaznda amaldagi WBA Super chempioni bo'lib turibdi. Pekmen o'zining so'nggi jangida endilikda sobiq jahon chempioni, amerikalik Kit Turmanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar