16 mar 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Navbahor Hamidova jahon chempionligi uchun ringga chiqadi
Serbiya davlati mezbonlik qilayotgan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati o'zining hal qiluvchi bosqichiga etib keldi.
Bugun dunyo birinchiligida final janglari bo'lib o'tadi. Ushbu bosqichga birgina bokschimiz etib kelgan. -66 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova oltin medal uchun Tokio-2020 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Syurmeneliga qarshi ringga ko'tariladi.
Xuddi prof boksda bo'lgani singari bokschilar jangdan bir kun oldin face to face marosimida to'qnash kelishdi. Bokschi qizimiz ishtirokidagi final jangi bizning vaqt bilan soat 22:45 ga to'g'ri kelmoqda. Yarim finalda mag'lubiyatga uchragan qolgan uch bokschimiz jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlanadi.
Havola :
Manba : Boxing Uzbekistan
Fikrlar