14 sen 06:48
Yangiliklar

Bugun Osiyo chempionatida og'ir vaznli dzyudochilarimizdan medallar kutamiz
O'g'il bolalar -81, -90, -100, +100 kg, qizlar esa -70, -78 va +78 kg vazn toifalarida medallar yo'lida bahslarga kirishishadi. Bugun terma jamoamizning 6 nafar dzyudochisiga muxlislik qilamiz.
Kunduzgi dastur bizning vaqt bilan soat 7:00 (Indoneziyada 9:00)da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:
-78 kg: SHoira Aminova – Li Hey Bin (Koreya Respublikasi)/Silfi Agustin (Indoneziya)
+78 kg: Umida Nig'matova – Venni Purba (Indoneziya)/Ayush-Tsend CHinbolor (Mo'g'uliston)
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov – YU Do Bin (Koreya Respublikasi)/Abdullo Loiqov (Tojikiston)
-90 kg: Alisher Samanov – Daniyar Melisov (Qirg'iz Respublikasi)/Gavin Nursanto (Indoneziya)
-100 kg: Muhammadali Zoirov – Kim Kyung Min (Koreya Respublikasi)
+100 kg: Fazliddin Rafikov – Yash Vijayran (Hindiston)/Aliasgar Malekzadeh (Eron)
Fikrlar