24 avg 10:52
Yangiliklar
Futbol

Bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qura tashlanadi
Bugun, 24 avgust kuni OFK bosh qarorgohida Osiyo chempionlar ligasining yangi mavsumiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.
Xabaringiz bor, bu yilgi mavsumda O'zbekistonning to'rtta klubi guruh bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi. O'zbekiston chempioni "Paxtakor" va kubok sohibi "Nasaf" guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri qatnashsa, "Navbahor" va OKMK saralash bosqchiidagi g'alaba sabab ushbu bosqichga etib keldi.
Bugun vakillarimiz guruhdagi raqiblar nomini bilib olishadi. Qurada "Paxtakor" 1-savatdan, "Nasaf" 2-savatdan joy oladi. "Navbahor" va OKMK 4-savatdan o'rin oladi.
Qura tashlash jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. Qiziq, klublarimizga qaysi jamoalar raqiblik qilarkin? Taxminlaringizni yozib qoldiring.
Havola :
Fikrlar