03 may 07:53
Yangiliklar
Futbol
Bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi Osiyo chempionligi uchun maydonga tushadi
Qatar yashil maydonlari mezbonligida o'tayotgan U-23 Osiyo kubogi o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Doha shahridagi "Jassim Bin Hamad" stadionida o'tadigan bugungi final uchrashuvida O'zbekiston U-23 terma jamoasi yaponiyalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.
Osiyo Kubogi. Final
O'zbekiston - Yaponiya
Bosh hakam: Moud Bonyadifard (Eron)
Yordamchi hakamlar: Saed Ghasemi, Ildorim Alirizo (ikkisi – Eron)
Zaxira hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)
Zaxira hakami yordamchisi: Zaxi Al SHammari (Qatar)
VAR: Evans Robert (Avstraliya)
AVAR: SHen Yinxao (Xitoy)
Havola :
Fikrlar