16 okt 09:08
Yangiliklar
Futbol
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda mahalliy terma jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv soat 16:35 da Dalyan shahridagi “Dalian Sports Center” stadionida start oladi. Ushbu bahsda jamoamiz to'liq oq liboslarda harakat qiladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasining Xitoyga qarshi uchrashuvini Tam Ping Vun (Gong Kong) boshqarib boradi. Unga qanotlarda Lam Nai Kei Sam va Vong Ping CHung yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi xitoylik Jang Leiga topshirilgan. VARda esa Vu CHun Sing faoliyat yuritadi.
Havola :
Fikrlar