13 apr 17:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun o'zbekistonlik "Princ" chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
Bugun Moldovaning Kishinyov shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy janglaridan biri hamyurtimiz Ravshanbek Umrzoqov ishtirokida bo'lib o'tadi. Rus boks sharhlovchilari orasida "Princ", "Mister pechen" nomlari bilan mashhur bo'lgan hamyurtimiz 10 raundlik jangda ringga ko'tariladi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Umrzoqov WBA Asia kamari uchun filippinlik Roberto Gonsalesga qarshi ringga chiqadi. Bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi va belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Raqib anchagina tajribali bo'lib, prof boksda 28ta jang o'tkazgan va ularning 4 tasida imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar