25 mar 10:03
Yangiliklar
Futbol

Bugun "Ozodi" stadionida JCH-2026`ning yana bir ishtirokchisi aniqlanishi mumkin
Bugun JCH-2026 3-saralash bosqich 8-tur doirasidagi Eron - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da "Ozodi" stadionida start oladi. Bo'lajak bahsdagi g'alaba terma jamoamizning JCH-2026ga chiqish imkoniyatini yanada oshiradi.
Ayni paytda Eron 19 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Terma jamoamiz hisobida esa 16 ta ochko bor. Keyingi o'rinlarni band etgan BAA va Qatar terma jamoalari 10 ochkodan jamg'arishgan.
Havola :
Fikrlar