So’nggi yangiliklar

07:30Беш нафар боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади, икки нафари қозоғистонлик боксчиларга қарши 0 21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0

24 mar 12:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun prof bokschimiz revansh jangida ringga ko'tariladi

Bugun Qozog'istonning Almati shahridagi "Almaty Arena"da professional boks kechasi o'tkaziladi.

Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning biri hamyurtimiz Ulug'bek Haqberdiev ishtirokida bo'lib o'tadi. Professional boksning 72,6 kg, yani o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan Ulug'bek bugun revansh jangida ishtirok etadi. 

Haqberdiev olti raundga mo'ljallangan jangda rossiyalik Karen Avetisyanga qarshi ringga ko'tariladi. Bu ikki bokschi 2017 yilning 4 mart kuni Rossiyaning Krasnodar o'lkasida o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda debyut jangini o'tkazgan Ulug'bek raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Bugun charm qo'lqop ustamiz yana bir bor raqibini mag'lub etishga urinib ko'radi. Bugungi jang Haqberdiev uchun prof ringdagi oltinchisi bo'ladi. Samarqandlik bokschimiz shu kungacha o'tkazilgan 5ta jangning barchasida g'alaba qozongan. Uchta jang muddatidan avval yakunlangan. 

Taqqoslash uchun, 35 yoshli Karen Avetisyan shu kungacha 35ta jang o'tkazgan. 22ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan, 3tasi nokaut bilan. 4ta jangda durang natija qayd etilgan. Bor yo'g'i 9ta jangda g'alaba zafar quchgan. 4ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. 

Tarozidan o'tish marosimidan surat

Reyting:    

Fikrlar

   
25 mar 00:55:39
Boburbek Mirzakhamdamov
Ulugʻbek bir paytlar Uzbek Tigers da urishardi 75 da unda Hurshid Normatov va endi Isroil bular hammasi yaxshi bokschilar omad hammalarigar
   
24 mar 16:35:19
Michael Owen
Bu bokschimizni reytingi baland uzb bokschilari ichida 5 orinda turibdi yaxshiroq promouter topishi kerak menimcha janglarini kormaganman lekin yaxshi bokschiga oxshayapdi omad
   
24 mar 15:02:23
Navroz Hojibekov
bugun soat nechida sport tv jonli efirda kursatadimi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing