26 noy 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Qarshida Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag'ishlangan professional boks kechasi o'tkaziladi
Bugun Qarshi shahrida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi uchun professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshomdan bir necha janglar o'rin olgan bo'lib, unda yurtimiz charm qo'lqop ustalaridan tashqari, Rossiya, Qozog'iston, Gruziya, Turkmanistondan bokschilar ringga ko'tarilishadi.
Bugungi boks kechasidan jami 7ta jang o'rin olgan bo'lib, ulardan 2tasini chempionlik kamari uchun kechadi. O'n raundga mo'ljallangan janglarning birida Mansur Abdumamatov va Jamshid Najmiddinov o'zaro ringga chiqishadi.
Ikkinchi chempionlik jangida yana bir hamyurtimiz, qarshilik Feruz Yo'ldoshev gruziyalik bokschi bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Ikkala jang ham Osiyo chempionlik kamari uchun kechadi.
Bugungi professional boks oqshomi 18.00da Qarshi shahridagi “Geolog” stadioniga qarashli arenada boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar