09 fev 10:01
Yangiliklar
Qilichbozlik
Bugun qilichbozlarimiz Jahon kubogi bosqichidagi ishtiroklarini boshlashadi
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari bugundan nufuzli musobaqalardagi ishtiroklarini boshlashadi.
Sablyachilarimiz Zaynab Dayibekova Peru, Musa Aymuratov, SHerzod Mamutov hamda Sardor Abdukarimbekov Gruziya mezbonlik qiladigan Jahon kubogi bosqichida medallar uchun bahslarga kirishadi.
SHuningdek, rapirachilar Italiyada o'tadigan Gran-pri turnirida qatnashadilar. Murabbiylar shtabi mazkur turnir uchun qizlarimizdan Umida Ilyasova, yigitlarimizdan Muhammad Yusuf Asranov, Radmir Semeneev hamda Ilyas Molinani tanlab olishgan.
Dasturga ko'ra, mazkur musobaqada ayollar o'rtasidagi saralash bahslari bugun, erkaklar toifasidagi bellashuvlar esa ertadan boshlanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar