06 dek 09:14
Yangiliklar

Bugun Sanjar Rahmonov taroziga chiqadi, ertaga jang!
CHarm qo'lqop ustamiz AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida mezbon bokschi Jonatan Stilga qarshi ringga ko'tariladi. Bu Sanjar uchun faoliyatidagi 13-jang bo'ladi. SHu kungacha u prof boksda 12ta jang o'tkazib, ularning 10tasida g'alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta jangda durang va yana birida mag'lubiyat qayd etgan.
Sanjar Rahmonovning raqibi Jonatan Stil esa shu paytgacha professional boksda 10 marotaba ringga ko'tarilgan. Ushbu janglarining 8tasini g'alaba bilan yakunlagan (6 tasi nokaut). Hamyurtimiz singari bitta jangda durangga rozi bo'lgan, yana birida mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Bugun bokschilar tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishadi.
Fikrlar