12 iyu 08:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun SHahobiddin Zoirov jang qiladi
Rio olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov bugun prof ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladigan jangda bokschimizga hindistonlik Sandib Singh Batti raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Zoirov shu kungacha prof ringda ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Hindistonlik bokschi esa bitta g'alaba va bitta mag'lubiyatga ega.
Bugun o'tkaziladigan jangda SHahobiddinga omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar