05 apr 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun SHahobiddin Zoirov prof boksda debyut qiladi
Bugun BAAning Dubay shahridagi “Emirates Golf Club”da professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan biri hamyurtimiz ishtirokida o'tkaziladi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov professional boksdagi debyut jangida ringga ko'tariladi.
Buxorolik charm qo'lqop ustamiz o'zining professional boksdagi ilk jangida indoneziyalik Entoni Xolt bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.
Eslatib o'tamiz, bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimida Zoirov 121,7 funt (54, 88 kg) tosh bosgan bo'lsa, uning raqibi 119,9 funt (54,38 kg) ekanligi oydinlashgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar