15 iyu 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Toshkentda AIBAning nufuzli yig'ilishi boshlanadi
Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida xalqaro boks associaciyasining Ijroqo'm yig'ilishi o'z ishini boshlaydi.
Ikki
kunlik Ijroqo'm yig'ilishi chog'ida jahon boksiga oid ko'plab muhim masalalar ko'rib
chiqiladi. Yig'ilishda har bir qitaviy boks federaciyalarining yil davomida amalga
oshirgan ishlari muhokama qilinadi. Federaciya rahbarlari o'z qitalari bo'yicha xisobot
berishadi.
Ijroqo'm yig'ilishida shaxsan AIBA prezidenti CHing-Kuo Vu, shuningdek, tashkilotning ijrochi direktori Karim Bouzidi, AIBA vice-prezidenti va shu bilan birga Afrika boks konfederaciyasi rahbari Kelani Boyer hamda boks olamining boshqa ko'plab mashhur rasmiy vakillari ishtirok etishadi.
Poytaxtimizda
ilk bor tashkil etilayotgan bunday nufuzli tadbir ertaga o'z ishini davom ettiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar