07 dek 11:34
Yangiliklar

Bugun tunda yil jangi: Ruis bu revanshga rozi emas edi, lekin... (tahlil)
Do'mboq Ruis sobiq chempion Entoni Joshuaga qarshi ringga ko'tariladi. Revansh 2019 yilning eng muhim bahsi. Bu jang hatto arab shayxlarini ham qiziqtirib qo'ydi, ular bu to'qnashuvga yuz million dollar taklif qilishdi. SHuningdek, ular juda qisqa fursatda zamonaviy arena bunyod etishdi.
Ruis revanshga rozi emasdi, lekin uni 13 million dollar ko'ndirdi, Joshua esa raqibidan etti baravar ko'proq gonorar oladi.
1 iyun kuni Nyu-Yorkda do'mboq va kichik Endi Ruis o'sha vaqtdagi superog'ir vazn yulduzi Entoni Joshuga qarshi ringga ko'tarildi. Bu jang Entoni uchun AQSHdagi debyuti edi. Ruis u uchun oson o'lja edi. Lekin meksikalik uni ettinchi raundda nokaut qilib, yil sensaciyasiga sabab bo'lgandi. Endi Xirn tezlik bilan revansh talab qildi, lekin bunga osonlikcha erishmadi. Ruis birinchi jangi uchun o'zi uchun rekord (5 million dollar)ga ega chiqqandi. Ruis revanshga rozi bo'lgisi kelmadi, ammo uni katta miqdordagi pullar rozi qildi. Ruis revansh uchun 13 million dollarga ega bo'ladi. SHu sababli ham Endi tavakkalga qo'l urishga majbur bo'ldi. Joshua esa bu jangdan 85 million dollar ishlab oladi, Joshuadan faqatgina Floyd Meyvezer ko'proq pul ishlab olgan.
Nega jang Saudiya Arabistonida bo'lib o'tmoqda?
To'qnashuv dastlab AQSHda yoki Buyuk Britaniyada o'tkazilishi lozim edi. Lekin Saudiya boylariga bu jang juda qiziq tuyuldi. SHu sababli ular bu jangga yuz million dollar tikishlarini malum qilishdi. Faqatgina bitta shart bilan: jang Arabistoni yarim orolida bo'lishi shart! SHu tariqa, Eddi Xirn jangni Saudiya Arabistonida o'tkazishga rozi bo'ldi. SHuningdek, shayxlar bitta boks kechasi uchun alohida arena ham qurishdi.
Joshuaning psixologik holati yaxshi emas, u har bir tanqidga fikr bildirmoqda. Uning mag'lubiyati faoliyatiga yakun yasashi mumkin.
Joshuaning birinchi jangdagi mag'lubiyatidan so'ng ahvoli juda yomon ekanligi malum qilindi. Buni hattoki Joshuaning o'zi ham takidladi. Joshua Ruisning imkoniyatlariga past baho berishi, uni faoliyatidagi dastlabki mag'lubiyatini taqdim etgandi. Joshuaning bu darajadagi depressiyaga tushib qolishiga sabablardan biri - uning dastlabki mag'lubiyati kichkinagina Ruisdan qabul qilgani bo'ldi. Ikkinchi mag'lubiyat esa uning faoliyatiga nuqta qo'yishi mumkin.
Joshua jangga xotirjam chiqishi lozim. Ruis esa imkoniyati chegaralangan bokschi
Har qanday holatda ham Joshua jangda favorit. Birinchidan, Entonining bo'yi hamda qo'llari raqibinikidan ancha uzun. Ikkinchidan, u "klass" bobida Ruisdan shunchaki kuchli.
Bu hatto Ruisning vakillariga ham malum.
“Bizning A va B rejalarimiz bor. Har qanday holatga tayyor bo'lishimiz kerak. Joshua juda kuchli bokschi. U birinchi jang shunchaki sensaciya bo'lganini isbotlashga harakat qiladi”, - dedi Ruisning murabbiyi.
Ruis birinchi jangda bo'lganidek, tezkor va kuchli zarbalar bera olsa, u yana g'alaba qozonishi mumkin. Jang to'liq davom etmasligi taxmin qilinmoqda. Sababi har ikki bokschining zarbalari dahshatli. Bugun Ruis tarix yaratishda davom etishi mumkin. Yoki aksincha - Joshua 1 iyun voqealari shunchaki tasodif ekanligini isbotlaydi. Bularning barchasi bugun tunda bo'lib o'tadigan super to'qnashuvda malum bo'ladi.
Siz ushbu jangdan nimalar kutmoqdasiz? Fikrlaringiz biz uchun qiziq.
Entoni Joshua - Endi Ruis. Jangni qanday qilib tomosha qilish mumkin?
Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi
Fikrlar