15 may 22:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12648_220.jpg)
Bugun uch nafar bokschimizning barchasi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Bugun "Islom birdamlik o'yinlari"da ringga chiqqan bokschilarimizning barchasi g'alaba qozondilar.
Avvalroq, Abdulhay SHorahmatov va Mironshox Ibragimovlar raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritganliklari haqida xabar bergandik.
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschimiz Bobo-Usmon Boturov turkiyalik Onder Sipalni mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar