So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

01 apr 08:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Bugun "Uzbek Tigers" qozog'istonlik bokschilarga qarshi jang o'tkazadi

Bugun Butunjahon boks seriyasining (WSB) VII mavsumi doirasida "Uzbek Tigers" bokschilari Qozog'istonning "Astana Arlans" jamoasi charm qo'lqop ustalariga qarshi ringga chiqadilar.

Malumot uchun, bugungi uchrashuv "O'zbekiston" sport majmuasida soat 19.00da boshlanadi. Bu ikki jamoaning ilk davradagi uchrashuvida qozog'istonlik bokschilar 4:1 hisobida zafar quchishgandi. 

Bugun quyidagi to'qnashuvlar guvohiga aylanamiz:

- 49 kg: Hasanboy Do'smatov (Olimpiada chempioni) - Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni)

- 56 kg: Abdulhay SHorahmatov (O'zbekiston chempioni) - Ilyos Suleymenov (Osiyo o'yinlari g'olibi)

- 64 kg: Elnur Abduraimov (Jahon chempionati sovrindori) - Dilmurod Mijitov (Qozog'iston chempionati sovrindori)

- 75 kg: Isroil Madrimov (Osiyo o'yinlari sovrindori) - Saparbay Aydarov (Qozog'iston chempioni)

- 91 kg: Zuhriddin Mahkamov (O'zbekiston chempioni) - Anton Pinchuk (Osiyo o'yinlari g'olibi)


Kecha bokschilar ishtirokida vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.

Bundan tashqari kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida murabbiy To'lqin Qilichev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Janglar "Sport TV" orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi.

Bokschimiz Isroil Madrimov esa o'z g'alabasini yana salto otib nishonlashni rejalashtirmoqda.


Siz nima deb o'ylaysiz? Bugungi to'qnashuvda qanday hisob qayd etiladi?

Reyting:    

Fikrlar

   
01 apr 10:44:54
ar o D
Албатта узбекистон голиб булади мен бунга ишонаман
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing