18 noy 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun WBC Silver chempioni Xonobodda jang o'tkazadi
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov bugun Andijon viloyatining Xonobod shahrida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Abduqahhorovning raqibi yana bir o'zbekistonlik bokschi SHerzod Alimjonov bo'ladi. Ana shu jangdan so'ng Qudratillo AQSHga jo'nab ketadi va yanvar oyida jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Hamyurtimiz ayni paytda eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.
Aslida hamyurtimiz shu oyda AQSH zaminidagi ilk jangini
o'tkazishi kerak edi. Lekin viza muddatini o'z vaqtida uzaytira olmagan bokschimiz
O'zbekistonga qaytib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar