28 mar 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun XOQ boksning Olimpiada-2020 dasturida qolishini ko'rib chiqadi
SHu kunlarda SHveycariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.
26 mart kuni boshlagan yig'ilish bugun o'z yakuniga etadi. Aynan bugun boks sport turining 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi dasturidan joy olish masalasi ko'rib chiqiladi.
"Bugun Ijroqo'm kun tarkibiga kiritilgan AIBA bilan bog'liq savollarni ko'rib chiqadi. Boksning 2020 yilgi Olimpiada dasturida qolish yoki aksincha qolmaslik masalasini ham bugun muhokama qilamiz. Lekin yakuniy qaror iyun oyidagi Xalqaro Olimpiya qo'mitasining sessiyasida qabul qilinadi", - dedi XOQning aloqalar departamenti direktori Mark Adams.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar