05 jan 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugundan bokschilarimiz yangi mavsum tayyorgarligiga kirishishdi
O'tgan 2016 yilgi mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazgan boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasi bugundan yana mashg'ulotlarga qaytadi.
Terma jamoamizning birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli charm qo'lqop ustalari Toshkent viloyatidagi Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida yig'inga kirishishdi.
Rio Olimpiadasida 7ta medalni qo'lga kiritgan bokschilarimizni joriy yilda ham nufuzli musobaqalar kutib turibdi. Jumladan, jahon chempionati Germaniyada, Osiyo chempionatida esa Indoneziyada o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar