16 iyu 18:42
Yangiliklar

Bugungi boks oqshomi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi, faqat “Sport” kanalida emas!
O'zbekiston professional boks federaciyasi tomonidan tashkil qilinayotgan ushbu boks kechasi “UzHD” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. “Sport” telekanalida esa ayni daqiqalarda Superliganing “Andijon” - “Metallurg” uchrashuvi jonli tarzda efirga uzatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bugungi boks oqshomining markaziy jangi Ravshanbek Mahammadjonov ishtirokida bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz afrikalik raqib Juma Vasvaga qarshi 10 raundlik chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Yodingizda bo'lsa, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev ugandalik Juma Vasva bilan to'qnash kelgan va o'z chempionlik kamarini munosib tarzda himoya qilgan edi.
Bugungi oqshomning yana bir qiziqarli jangi Olim Nazarov ishtirokida kechadi. Zufar Sulaymonovning shogirdi hisoblangan Nazarov tanzaniyalik Frank Kivalabega qarshi jang o'tkazadi.
Fikrlar