19 iyu 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi boks oqshomining markaziy jangi koronavirus sabab bekor qilindi
Nevada shtati Atletik komissiyasi bugun o'tkazilishi kerak bo'lgan Xose Pedrasa va Mikkel Lesper o'rtasidagi jangni bekor qildi.
Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu jang yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilishi lozim edi.
Xabarda keltirilishicha, Lesperning menejeri Xose Tavaresning koronavirusga topshirgan taxlili ijobiy natija bergan. Aynan COVID-19 sabab ushbu markaziy jang bekor qilindi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar