So’nggi yangiliklar

12:40Хайме Мунгия жамоаси мажбурий даъвогар Бектемир Мелиқўзиевга пул таклиф қиляпти 0 12:09"Трактор" бош мураббийи Ҳамробековга Ўмонга боришни маслаҳат берди 0 11:38Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 11:07Шавкат Раҳмонов Майкл Моралес билан жанг қилишга тайёр 0 10:36Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизнинг иштирокига гувоҳ бўламиз 0 10:05"Хоразм" "Нефтчи" билан ўйинда тарихий натижа қайд этди 0 09:34Қудратилло Абдуқаҳҳоров Австралияда камар учун жанг қилади 0 09:03"Боладан конфет олиб қўйишдек осон". Хирн Уайт билан можаро ҳақида гапирди 0 08:32Нодирбек Абдусатторов: “Кўп хатолар психологиядан келиб чиқади” 0 08:01Роналду Мессининг хайрлашув постига жавоб қайтарди 0 18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0

13 sen 09:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Salixov va Valdo Kortes-Akosta taslim etilgan Noche UFC turnirining barcha natijalari bitta sahifada

Bugun AQSHning Arizona shtati, Glendeyl shahrida UFC Fight Night 288 turniri bo'lib o'tdi.

Dunyoning eng kuchli Ligasining Meksika Mustaqillik kuniga bag'ishlangan to'rtinchi yillik tadbirining markaziy jangida braziliyalik yarim engil vazn vakili Jan Silva amerikalik (kelib chiqishi meksikalik) Xose Delgadoni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi.

Dastlabki besh daqiqalikdayoq "Lord" o'z muxlislarini xavotirga solib, nokdaun holatiga tushib qoldi, biroq raqibiga ustunlikni boy bermay, jangni davom ettirdi. Uchinchi raundda esa divizionning kuchli o'nligiga kirishi bejiz emasligini isbotlab, avval Delgadoni nokdaun holatiga tushirdi, so'ngra bo'g'ish usuli bilan jangni muddatidan oldin yakunladi.

Noche UFC 4 turnirining ikkinchi asosiy jangida tashkilotning sobiq chempioni, meksikalik Brendon Moreno murosasiz va raqobatli bahsda amerikalik Jozef Moralesni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi.

Bayram tadbirining uchinchi muhim jangida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yarim engil vazn vakillari Tommi Makmillen va Marvan Raxiki to'qnash kelishdi. Ikkala sportchi ham nokdaun holatiga tushgan ushbu shiddatli jang amerikalik Makmillenning hakamlar bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan yakunlandi.

Boshqa natijalar qatorida rossiyalik yarim o'rta vazn vakili Muslim Salixovning muvaffaqiyatsiz ishtirokini qayd etish lozim: u dastlabki kard (prelims) doirasida chililik Ignasio Baxamondesga hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan imkoniyatni boy berdi.

Yusri Belgarui, Tomas Gant va SHon King o'z janglarini muddatidan oldin yakunlab, g'alaba qozonishdi.


Noche UFC 4 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Jan Silva Xose Delgadoni sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – uchinchi raund, 2:57

Brendon Moreno Jozef Moralesni hakamlarning ayri qarori bilna taslim etdi (28-29, 30-27, 30-27)

Tommi MakMillen Marvan Raxikini hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lubiyatga uchratdi (29-27, 29-28, 29-28)

Aleksa Grasso raqibasi Manon Fioroni ochkolar bo'yicha yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Kertis Bleyds Valdo Kortes-Akostani hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Devid Martines Den Igedan ustun keldi (29-28, 30-27, 30-27)


Prelim kard janglari

Tim Elliott Edgar CHayrezni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)

Ignasio Baxamondes Muslim Salixovdan ustun keldi (29-28, 30-27, 30-27)

Yusri Belgarui Jorden Santosni texnik nokautga (zarbalar) uchratdi – birinchi raund, 4:25

Tomas Gantt Drakkar Klozeni sabmishn (uchburchak) qildi – uchinchi raund, 2:46

CHju Rong Rafa Garsiyani hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)

SHon King Jessi Rosasni nokaut qildi – birinchi raund, 0:36

Regina Tarin raqibasi Jey Jey Oldrichni hakamlarning yakdil qarori evaziga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing