13 sen 08:14
Yangiliklar
Noche UFC turnirining asosiy jangi muddatidan avval yakunlandi
Biroz avval yakuniga etgan oqshomning markaziy jangida Jan Silva (yarim engil vazn toifasi reytingida 6-o'rin) Xose Delgadoni (15-o'rin) muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi.
Silva jangni juda sust boshladi va raqibining hujumini o'tkazib yuborib, nokdaun holatiga tushib qoldi. U birinchi raundni boy berdi, ammo ikkinchi raunddan faollasha boshladi. Uchinchi raundda esa nihoyat o'ng qo'l bilan aniq zarba yo'llab, Delgadoni qulatdi. Meksikalik jangchi o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi, biroq ko'p o'tmay yana parterga tushib qoldi. Silva bu holatda bo'g'ish usulini qo'llab, raqibini taslim bo'lishga majbur qildi.
Jang to'xtatilgan rasmiy vaqt — uchinchi raundning 2-daqiqasi 57-soniyasi.
Jangdan keyingi intervyuda 29 yoshli Silva (18-3) yana bir bor o'zining chempionlik ambiciyalari haqida gapirib, kim bo'lishidan qati nazar, kamar sohibiga "etib borishga" vada berdi.

Fikrlar