21 apr 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi dasturdagi so'nggi bokschimiz Rayhona g'alaba qozondi
Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining navbatdagi kungi bahslari o'z yakuniga etib bormoqda.
Hozirgina bugungi dasturda ringga chiqishi kerak bo'lgan so'nggi bokschimiz o'z jangini yakunladi. -60 kg vazn toifasidagi bokschimiz Rayhona Qodirova nepallik Punam Ravalga qarshi jang o'tkazdi.
Jangda sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Rayhona raqibasini uch raundlik bahs yakunida ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, keyingi davraga yo'l oldi. SHuning bilan bokschilarimizning bugungi ishtiroki yakunlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar