22 apr 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi ishtirokimizni Nodirjon boshlab berdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun 8 nafar o'zbekistonlik bokschi qita chempionatining chorak final bosqichida o'z janglarini o'tkazadi. Bugungi ishtirokimizni Nodirjon Mirzaahmedov boshlab berdi.
-49 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz chorak finalda laoslik Xampxouvan Xamsatonega qarshi ringga ko'tarildi. Jangda tashabbusga ega bo'lgan bokschimiz raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi. Bu kamida bronza medal deganidir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar