10 may 13:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugungi mag'lubiyat Xamzat CHimaev uchun faoliyatidagi birinchisi bo'ldi
CHechenistonlik aralash yakkakurash ustasi professional faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini aynan chempionlik jangida qabul qilib oldi.
32 yashar Xamzat UFC 328 turnirining markaziy bahsida AQSH vakili SHon Striklendga ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lib, o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamaridan ayrildi.
Bu uning chempion sifatidagi dastlabki kamar himoya jangi edi. Hakamlardan ikki nafari Striklendga g'alabani taqdim etgan.
SHu tariqa, Xamzat CHimaev faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Uning rekordi endi 15 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatdan iborat.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar