06 avg 12:19
Yangiliklar

Bunaqasi hali bo'lmagan: Osiyo chempionatida 14 nafar bokschimizning barchasi yarim finalda!
Kecha musobaqa doirasida 10 nafar bokschimiz chorak final jangini o'tkazdi. Quvonarlisi janglarda ringga ko'tarilgan yosh charm qo'lqop ustalarimizning barchasi raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov - Pavel Tokarev (Qozog'iston) 5:0
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov - Salim Abbos (Iroq) 4:1
-40 kg: Farrux To'laganov - Baddur Muhammad Ali (Suriya) 4:1
-43 kg: Umidillo Rasulov - Bind Rupesh (Hindiston) 4:1
-46 kg: Boburbek Bobojonov - Nixil (Hindiston) 3:2
-49 kg: Lazizbek To'lqinov - SHerpa Vangdi (Nepal) (Bokschimiz 2-raundda raqibini nokaut qildi)
-52 kg: Dalerjon Bozorov - Ashish (Hindiston) 5:0
-55 kg: Jahongir Narziev - Vadim Baurin (Qirg'iziston) 5:0
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Aidos Mataev (Qozog'iston) 5:0
-61 kg: Mirzob Nekboev - Abu Jihad Yaxyo (Iordaniya) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)
Eslatib o'tamiz, 4 avgust kuni o'tkazilgan janglarda 4 nafar bokschimiz ringga ko'tarilib, yarim final yo'llanmasini naqd qilib qo'ygandi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar