21 iyu 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Bunaqasini aniq ko'rmagansiz: Superog'ir vaznli bokschi raqibini ringdan chiqarib yubordi VIDEO
Kecha tunda AQSHda professional boks oqshomi tashkil etildi.
Unda superog'ir vaznli bokschilar Kassius CHeyni (16-0, 10 KO) va Joel Koudi (8-3-2, 5 KO) to'qnash keldi. Jang qisqa muddatda yakunlandi. CHeyni jangda birinchi raqamli bokschi sifatida harakat qildi va juda ko'plab zarbalar berdi. Yakunda uning raqibi o'zini yo'qotdi va ringdan chiqib ketdi.
Qizig'i, jang shunda ham yakunlanmadi. Koudi nokdaun holatiga tushdi deb baho berildi. Biroq, bir necha soniyalardan so'ng hakam bir tomonlama kechayotgan ushbu jangni to'xtatishga qaror qildi.
Havola :
Manba : Championat
Fikrlar