So’nggi yangiliklar

12:20Элдор Шомуродов – А Серия 35-тур рамзий терма жамоасига киритилди 0 11:59Superbet Chess Classic Romania. Нодирбек Абдусатторов 100 000 доллар учун курашни бошлади 0 11:38Арман Царукян яна грэпплинг бўйича жанг қилади. Бу сафар Москвада! (+ПОСТЕР) 0 11:17Терма жамоамиз Qazaqstan Barysy Grand Slam турнири учун Остона шаҳрига етиб борди 0 10:56Энрике Артетанинг гапларига жавоб қайтарди 0 10:35Эркин ва юнон-рум курашчиларимиз Анталиядаги турнирда ҳозиргача 6 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 10:14Билол Муҳаммад: "Ислам, кейинги жангинг учун шартнома имзолайвер" 0 09:53Акбар Жўраев таркибда. Оғир атлетика бўйича терма жамоамизнинг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 09:32ЕЧЛ 1/2 финалида мағлуб бўлган Артета нималар деди? 0 09:11Уч кундан кейин Тошкентда ўтказиладиган Octagon 72 турнири асосий жангларининг биридан маҳрум бўлди 0 08:50Иноуэ ва Карденаснинг жанг орқали қанча пул ишлаб олишгани маълум 0 08:29Умар Кремлёв бошчилигидаги IBA энди қўлқопсиз жангларни ташкил этади 0 08:08ЕЧЛ. Иккинчи ўйинда ҳам "Арсенал"ни мағлуб этган ПСЖ финалга чиқди + ВИДЕО 0 18:52Америкалик спортчига ёнғинлар туфайли йўқотган 10 та олимпия медали нусхалари топширилди 0 18:27Энтони Жошуа "Уотфорд" футбол клуби акцияларини сотиб олиши мумкин 0

09 fev 17:16
Yangiliklar

Futbol

Bundesliga fikridan qaytdi: AQSH va Osiyodan investiciya – ammo 50+1 qoidasini buzmasdan. Qanday reja?

Klublarning mustaqilligini saqlab qolgan holda, ko'proq pul ishlashmoqchi.

Germaniyada AQSH va Osiyodan investiciya jalb qilishga ruxsat berishmoqchi. DFL (Germaniyada futbol ligalarini boshqaruvchi organ) hali tashkil etilmagan va 25-30 yil davomida xorijiy investorlarga telehuquqlarni sota oladigan licenzion kompaniyalarning 12-15% akciyalari uchun investorlar izlamoqda.


Qancha pul jalb qilishni xohlashmoqda?



DFL AQSH yoki Osiyo mamlakatlaridan 2,5dan 3 milliard evrogacha pul olishni va ularni birinchi va ikkinchi Bundesliganing 36 klubi o'rtasida taqsimlamoqchi. Kicker'ning malumotlariga ko'ra, bu pulning sezilarli qismi klub infrastrukturasi, boshqalari esa futbol markazlari, stadionlar va sport sohasidagi yuqori texnologiyalarga yo'naltiriladi. Klublarning 20 yil davomida pul olishi taxmin qilinmoqda.

Bild allaqachon ehtimoliy etti investor bilan muzokaralar o'tkazilayotgani haqida yozdi. Barcha sarmoyalar televizion huquqlar bilan cheklanadi, shuningdek bu birinchi va ikkinchi Bundesligalarning hissalarini o'z ichiga olmaydi. Bundan tashqari, investorlar klublarga ham, o'yinlar taqvimiga ham tasir ko'rsata olmaydi.

Koncepciya Yan-Kristian Drizen ("Bavariya"), Ryudiger Frich ("Darmshtadt") va DFL boshqaruv kengashi azolari bo'lmish Aksel Xellmann ("Ayntraxt") va Oliver Leki ("Frayburg") qo'l ostida ishlab chiqildi.

DFL'ning g'oyasi klublarda mustaqillikni qoldirish va 50+1 qoidasini saqlab qolish, shu bilan birga liga va klublarni moliyaviy jihatdan kuchliroq qilish uchun xorijiy investiciyalarni jalb qilish.


Eslatib o'ting, 50+1 qanday qoida?


U klublarga akciyalarning nazorat paketlarini tashqi investorlarga berishni taqiqlaydi. Bunda faqat klubga 20+ yil davomida pul kiritganlar istisnodir. Jamoa kiyim almashtirish xonasiga gazli ichimlik etkazib beradigan emas, haqiqatdan moliyaviy jihatdan sezilarli tasir ko'rsatadiganlar qabul qilinadi.



Masalan, "Bayer" va "Volfsburg" kabi misollar borki, ular shunchaki "Bayer" kimyo-farmacevtika korporaciyasi va "Folksvagen" avtomobil konsernisiz mavjud bo'lmagan bo'lardi. XXI asrda ularga "Xoffenxaym" va "RB Leypcig" qo'shildi.


Bir yarim yil oldin Angliyada ham 50+1 qoidasini joriy qilishmoqchi edi, ammo peticiya rivojlanmay qoldi


Superliga haqidagi mish-mishlardan so'ng angliyalik muxlislar 50+1 g'oyasidan ilhomlangan holda, hukumat saytiga peticiya bilan chiqishdi: ular professional klublar akciyalarining nazorat paketi muxlislarga beriladigan qonun talab qilishdi.

Peticiya 100 mingdan ortiq ovoz to'pladi – parlamet uni ko'rib chiqishga majbur edi. Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson sobiq sport vaziri Treysi Krauch Angliya futbolini boshqarish loyihasini nazorat qilishi, uning vazifalaridan biri operativ boshqaruvda muxlislarning rolini oshirish ekanligini aytgandi.

Buyuk Britaniya raqamli texnologiyalar, madaniyat, media va sport departamenti ekspertlar jahon tajribasini o'rganishi bilan javob berdi, ammo ish keyinchalik davom etmadi.


Germaniyada qoida sabab muntazam ravishda bahlashishadi


Nemis klublari 50+1 qoidasini unchalik qabul qilishmaydi. Masalan, "Bavariya" sobiq prezidenti 2016 yilda shunday degandi: "Men 50+1 bekor qilinish tarafdoriman. Xalqaro futbolda bunday qoida yo'q, nemis klublari raqobatbardoshlikni yo'qotmoqda.

Jamiyat "Bavariya" bu qoidaning bekor qilinishiga qarshi va shu tufayli boshqa klublar biz uchun xavfli bo'lishi haqidagi fikrlar to'xtashini istardim. Biz 25 foiz akciyalarni adidas, Allianz va Audi'ga o'tkazdik va nafaqat milliy, balki xalqaro darajada ham muvaffaqiyatli qatnashyapmiz. Biz shunday davom etishni xohlaymiz".



Bu fikrni 2018 yil GQ bilan intervyuda klub vice-prezidenti Karl-Xaync Rummenigge takrorladi: "DFL'ning nemis klublarini ushbu qoidadan xalos etishiga umid qilaman".

"Bavariya" bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke aksincha, 50+1ni qo'llab quvvatladi: "Bu qoida bilan muvaffaqiyat qozonishning imkoni yo'q deb hisoblaydiganlarning fikriga qo'shilmayman. "Real" va "Bavariya" 100% 50+1ga to'g'ri keladi, bu esa dunyodagi eng muvaffaqiyatli klublardir".

Ammo, Vatcke 2018 yil BBC bilan suhbatda "APLning 18-20-o'rindagi jamoalarining moliyaviy ko'rsatkichlari "Borussiya"niki bilan bir xil. Bu biz uchun osonmas" deb qo'shimcha qilgandi.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing