01 apr 11:34
Yangiliklar
Futbol
"Bunga bardosh berish uchun vaqt kerak bo'ladi". Gattuzo Italiyaning JCH-2026`ga chiqa olmagani haqida gapirdi
Italiya bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o'z jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganini og'ir zarba deb atadi.
Italiyaliklar pley-offda Bosniya va Gercegovinaga yutqazdi (2-2, penaltilar seriyasida — 1:4). Italiya 2018 va 2022 yilgi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritolmagandi.
"Men hozirgina jamoa bilan gaplashdim. Yigitlarga faqat minnatdorlik bildirishim mumkin, jamoa uzoq vaqtdan beri bunday yurak bilan o'ynamayotgandi. Bu og'riqli, lekin biz buni qabul qilishimiz kerak. Men yigitlar bilan faxrlanaman. Bunga bardosh berish uchun vaqt kerak bo'ladi. SHaxsiy darajada bu og'ir zarba", – dedi Gattuzo.

Havola :
Fikrlar