02 mar 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

"Buning oqibati kasalxona". Fyurining otasi Uaylderni revanshdan voz kechishga chaqirdi
Superog'ir vaznda amaldagi WBC chempioni Tayson Fyurining otasi Jon Fyuri amerikalik Deontey Uaylderni revanshdan voz kechishga chaqirdi.
"Tayson kundan-kunga, jangdan-janga kuchayib boryapti. U yana avvalgi sport formasiga kirib oldi. Bunday holatda Deonteyni revansh jangidan voz kechishga chaqiraman. Aks holda buning oqibati kasalxona bilan tugaydi. Uning borar joyi aynan shu er bo'ladi. Bo'lib ham kasalxonada uzoq vaqt qolib ketasan", - dedi katta Fyuri.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschining ilk jangida durang natija qayd etilgandi. 22 fevral kuni bo'lib o'tgan ikkinchi jangda esa Fyuri ettinchi raundda Uaylderni texnik nokautga uchratgan va bu bilan Deonteyga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan edi.
Havola :
Fikrlar