So’nggi yangiliklar

10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0 07:21Мераб Двалишвили ғалабасидан сўнг Нурмагомедов учун мурожаат қилди 0 19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0

26 jan 12:38
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Butunjahon suzish federaciyasi prezidenti O'zbekistonga keldi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Butunjahon suzish federaciyasi (World Aquatics) prezidenti Husayn Al Musallam yurtimizda rasmiy tashrif bilan mehmon bo'ldi.

Martabali mehmonni O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, OOK vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov va Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi. 

Janob Musallam safari davomida Samarqand va Toshkent shaharlarida bo'lib, qadimiy joylarni ziyorat qilish bilan birga mamlakatimizda suv sporti turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Mamlakat suzish federaciyasi raisi Qudrattilla Rafikov bilan o'tgan yig'ilishda bir qator istiqbolli loyihalar ko'rib chiqildi. 

Qudratilla Mirsagatovich yangi shakllantirilgan federaciya jamoasi o'z oldiga ulkan maqsadlar qo'ygani, xususan, suv sporti turlarini mamlakatimiz bo'ylab yanada ommalashtirish, hududlardagi moddiy-texnik bazani kuchaytirish ustuvor rejalardan ekani haqida gapirib o'tdi. Qolaversa, Q.Rafikov Respublikamizning ko'plab viloyatlarida zamonaviy, xalqaro standartlar asosida yangi suzish havzalari qurilgani haqida malumot berdi.

O'z o'rnida, rasmiylar davlatimiz rahbarining qo'llab-quvvatlashi bilan suv sporti turlarining rivoji yangi bosqichga chiqishini bildirishdi. Janob Musallam yurtimizda sportga bo'lgan etibor yil sayin ortib borayotganidan xabardor ekani, bu jihat har qanday xalqaro tashkilot rahbarlarini hamkorlikda ishlashga undashini alohida takidladi.

Samimiy ruhda o'tgan suhbat davomida poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasidagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan obektni eng zamonaviy inventarlar bilan jihozlash, unda xalqaro musobaqalar o'tkazish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish kabi mavzularda fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing