So’nggi yangiliklar

11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0 00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0

04 dek 14:02
Yangiliklar

Kurash

Buxoroda kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqalari boshlandi

Teglar :  Buxoro
Bugun Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejida milliy iftixorimiz bo'lmish kurash bo'yicha erkaklar va ayollar jamoalari o'rtasida O'zbekiston kubogiga start berildi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan kelgan 300ga yaqin polvonlar g'oliblik uchun bellashmoqda.

Xabar berganimizdek, jamoaviy bellashuvlarda har bir jamoa tarkibida 9 nafar (5 nafar erkak, 4 nafar ayol) kurashchi joy oladi. Musobaqada erkaklar -60 kg, -66 kg, -73 kg, -90 kg va 90 kgdan yuqori vazn toifalarida bellashsa, xotin-qizlar -57 kg, -63 kg, -70 kg va 70 kgdan yuqori vazn toifalarida gilamga tushishadi. SHuningdek, bu safar O'zbekiston kubogi bellashuvlarida yakkalik bahslari ham tashkil etiladi.

Biroz avval bo'lib o'tgan musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi hamda O'zbekiston kurash federaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

O'zbekiston kubogi g'oliblari ertaga malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing