01 apr 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA

"Buyuk ipak yo'li" turnirida umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik, Qozog'iston esa uchinchi
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqada To'lqin Qilichev boshchiligidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi. Bu borada birinchi o'rin mezbon - Ozarbayjon terma jamoasiga nasib qildi - 4 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza. Kuchli uchlikka esa 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali qo'lga kiritgan qozog'istonlik charm qo'lqop ustalari yakun yasashdi. Bundan tashqari Rossiya va Marokash vakillari ham musobaqada bittadan oltin medalga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar