So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

18 jan 17:09
Yangiliklar

Futbol

Buyuk Xitoy devorini qo'riqlayotgan musulmon sarbozlar

Kuni kecha U-23 Osiyo kubogining kamida yarim finaliga qadar etib borishga odatlangan uchun O'zbekistonning safari ertaroq yakunlandi.

Uchrashuv davomida "oq bo'rilar" ustunlikka ega bo'ldi, biroq laqabi "Nasaf"niki bilan qarindosh bo'lgan CHin mamlakati vakillari o'zbekistonliklar uchun viza siyosatini bekor qilgan bo'lsa-da, ikki soatdan oshiqroq vaqt mobaynida ularning oyog'i tekkan to'pni etti metrli bojxonasidan o'tishiga yo'l qo'ymadi. 

To'g'ri, musobaqaning katta ahamiyatga ega emasligi va murabbiyning o'tmishda ko'p narsani isbotlaganini inobatga olib, asabimizni ilm-fanga, masalan, beda pres narxi uchun buzishga sarflasak ham hech kim dod-voy qilmaydi.

SHunga qaramay, Koreya bilan o'yinni inobatga olmagan-da, zaxira o'rindig'ini faqatgina mehmon kelgandagina foydalaniladigan chinni idishlar singari asragan mutaxassisga savollar etarlicha topiladi.

O'zbekiston o'yin davomida katta ustunlikka ega bo'ldi. Keling, shu faktorni inobatga olgan holda, xitoyliklar haqida gaplashamiz.

Ism-familiyasini talaffuz qilishda shifokor receptiga qaragandek tasavvur hosil bo'ladigan xitoyliklar tarkibida so'nggi yillarda o'zimizga yaqinroq nomlarni ham o'qiy boshladik. Jumladan, uyg'ur millatiga mansub Umidjon Yusuf, Mutalib Imonqori, Bahrom Abduvali singari yoshlar Olimpiya terma jamoasi safida kuni kecha etnik jihatdan yaqinroq bo'lgan qardoshlariga qarshi saf tortishdi. Ha, men qo'qqisdan hassasi bilan hujum qilishi mumkin bo'lgan guri nurga to'lgur bobomning siyosatga qarshi chiqmaslik fikrini inkor etmoqchi emasman, nomlarni fakt o'rnida keltirdim.

2024 yil yakunlariga ko'ra, aholisining katta qismini uyg'urlar tashkil etadigan SHinjon provenciyasidan Xitoyning turli yoshdagi terma jamoalariga 15 nafar futbolchi jalb etilgan, Xitoy Superligasining 11 jamoasida esa 25 nafar qardoshimiz to'p tepgan.

Jumladan, kecha asosiy tarkibda ko'rinish berganlardan – Bahrom Abduvali milliy terma jamoasi safida 9 o'yinda maydonga tushib, Tailand va Indoneziyaga qarshi bellashuvlarda o'z nomini tabloga yozdirishga muvaffaq bo'lgan. U 2023 yil Xitoy tomonidan "Golden Boy" sovrini uchun nomzod sifatida ko'rsatilgan.

Qiziq jihati, Bahrom Abduvali, Mutalib Imonqori 2023 yil Toshkentda o'tkazilgan U-20 Osiyo kubogida ishtirok etgan. O'sha tarkibda Afrden Asqar jamoa sardori bo'lgan, shuningdek, Mavlon Majid, Abdulla Odil, SHerzod Nur kabi yoshlar jamoa o'zagini tashkil etgan.

Dunyodagi har qanday mahsulotning arzon variantini aql ila kashf etayotgan xitoyliklar yashil maydonda hisob-kitoblarning o'zi kamlik qilishini anglab etdi va tug'ma pahlavon, qoni qaynoq turkiy qavmlarni integraciya qilish yo'lidan bormoqda. Umuman olganda, kelajakdagi Xitoy terma jamoasi asosini uyg'ur yigitlari tashkil etsa, ajablanmayman.


Oqil Abdubarnoev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing