So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

13 apr 12:40
Yangiliklar

Kurash

Camarqanda “Adolat kubogi”ning viloyat bosqichi o'tkazildi

Milliy sport turlarimizdan bo'lgan belbog'li kurashga keyinggi yillarda yana ham etibor kuchaygan.

Milliy sport turlarimizdan bo'lgan belbog'li kurashga keyinggi yillarda yana ham etibor kuchaygan. O'zbekiston “Adolat” social demokratik partiyasi bilan belbog'li kurash federaciyasi o'rtasida belbog'li kurashni rivojlantirish to'g'risidagi imzolangan memaronudum ham bunga yaqqol misol. 

Avval xabar berganimizdek, mazkur kelishuv doirasida ayni paytda “Adolat kubogi” nomi ostida musobaqalarga start berilgan bo'lib, hozirda ushbu musobaqaning tuman va viloyat bosqichlarida g'oliblar aniqlanmoqda. 

Xususan, Samarqand viloyati Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida ham “Adolat kubogi”ning viloyat bosqichi o'tkazildi. O'zbekiston “Adolat” SDP viloyat Kengashi, Viloyat belbog'li kurash federaciya hamda Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu viloyat bosqichida dasturga muvofiq 2000-2001 va 2002 yillarda tug'ilgan sportchilar oltita vazn toifasida kuch sinashishdi. 

Yakuniy natijalarga ko'ra SHahzod Ergashev (55 kg.), Ulug'bek Tolibov (65 kg.), Abbos Tojiev (77 kg.), SHahzod Davronov (60 kg.), Arslon Rahimov (71 kg.), Muzrob Elmirzaev (83 kg)lar barcha raqiblarini engib, birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi va respublika bosqichiga yo'llanma olishdi.  

Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi tashkil etildi. G'olib va sovrindor polvonlarga diplom, kubok va esdalik sovg'alarini O'zbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengashi raisining birinchi o'rinbosari Akmal Rahmonov hamda Samarqand viloyat belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Bahodir Berdiqulovlar tantanali tarzda topshirishdi.

Bahodir BERDIQULOV, Samarqand viloyat belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori: 

- O'zbekiston “Adolat” SDP bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu bellashuvlar ham, milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni yoshlar orasida keng ommalashishida xizmat qiladi. Aytish joiz, viloyatimizda kiyingi yillarda belbog'li kurash bilan shug'ullanuvchi yoshlar soni ko'payib, mamlakat va xalqaro miqyosda o'tkazilayotgan turli darajadagi musobaqalarda polvonlarimiz munosib natijalar ko'rsatishmoqda. Belbog'li kurash bo'yicha istedodlarni topib, tarbiyalab, terma jamoalar safiga etkazib berishda murabbiylarning ham alohida o'rni bor. Toyloq IOZMI murabbiylari G'anisher Berdiqulov, Faxriyor Rahmonov Qodir Ernazarov, Oybek Do'stmurodov, Husniddin Mamanov, Nurobod tumanidan Zohid O'rolov, Pasdarg'om tumanidan Maftunbek Hoshimov, Jomboy tumanidan Bahodir Karimov kabi tajribali murabbiylarning mehnatlari tahsingga loyiq. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing